BUTILATSETAT

BUTILATSETATsirka kislotaning butil efiri, efir hidi keladigan rangsiz suyuklik. 4 ta izomeri maʼlum; ulardan normal Butilatsetat SN/SN^OSOSN, bilan izobutilatsetat (SN3)2SNSN2OSOSN3 koʻproq tarqalgan. Qaynasht-rasi 126,1ʻ (normal B.) va 118° (izobutilatsetat). Zichligi 881 kg/m3 (normal B.), 858 kg/m3 (izobutilatsetat). Butilatsetat murakkab efirlarning barcha xossalarini namoyon qiladi. Butilatsetat suvda oz, organik erituvchilarda esa yaxshi eriydi. Butilatsetat butil spirt bilan sirka kislotani sulfat kislota ishtirokida qizdirish yoʻli bilan olinadi. Butilatsetat bugʻining havo bilan aralashmasi portlaydi. Butilatsetat sanoatda nitro, etil va atsetilsellyuloza, lokboʻyoq, oʻsimlik moyi, kauchuklar uchun erituvchi sifatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x