BUTENLAR

BUTENLAR, butilenlar — toʻyinmagan uglevodorodlar, umumiy formulasi C4Hg. Mol. m. 56,11, rangsiz gaz. Uchta izomeri maʼlum: normal buten1 (abutilen) SN2=SN— SN2 — SN3; normal buten2 (Rbutilen, psevdobutilen) SN3SN=SNSN3 va izobuten (izobutilen) (SN3)2 S=SN2. Normal buten2 ning trans va sisshakllari mavjud. Butenlar alkenlarning xossalarini namoyon qiladi. Butenlar suvda yomon, koʻpgina organik erituvchilarda yaxshi eriydi; sanoatda neftni qayta ishlash mahsulotlaridan hamda butil spirtni katalizator ishtirokida degidratlab olinadi. Butenlardan butadiyen, butil kauchuk (oppanol), surkov moylari, suyuq yonilgʻi va b. mahsulotlar olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x