BUTADOR

BUTADOR — milliy zardoʻzlikag naqsh mujassamotlaridan biri. Uslublashtirilgan buta shaklidagi naqshgul (guldasta)lar bezatiladigan yuza boʻylab bir te kis yoyiladi. Oʻzaro boglanmagan bu guldastalar alohida tuzilishi bilan Butadorni belgilaydi. Naqshni asosan oʻsimlik gullari, ayrim hollardagina handasiy shakllar tashkil qiladi. Yeng uchi, kiyim bari va etaklarini oʻrab olgan «qur» — hoshiya bezakni bir mujassamotga birlashtiradi. Butadorning «Butadori daraxt», «Butador chilyolak», «Butador tavqnok» va b. turlari bor. B. asosan guldoʻzi, guldoʻzizamindoʻzi, baʼzan birishimdoʻzi usulida tikiladi. Oʻta ifodali hamda hashamdor boʻlgan Butador bezakli buyumlar 19—20-a. boshlarida keng tarqalgan. Butador erkak, ayol, bolalar kiyimlari, mayda zardoʻzi buyumlarni bezashda qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x