BURYAKOV Yuriy Fyodorovich

BURYAKOV Yuriy Fyodorovich (1934.15.3, Oʻsh viloyati; Kirgiziston) — arxeologtarixchi olim. Oʻzbekiston FA akad. (1996), tarix fanlari d-ri (1984), Oʻrta Osiyo untini tugatgan (1956). Oʻzbekiston xalklari tarixi muzeyida kichik (1956—59), katta (1959—64) ilmiy xodim, direktor oʻrinbosari (1964—66), Oʻzbekiston Madaniyat vazirligida inspektor (1966—67), Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya inti (hoz. Arxeologiya inti)da katta ilmiy xodim (196770), ilmiy kotib (197073), bulim mudiri (197379). 1979-y. dan shu int direktori oʻrinbosari. Buryakov 1978-y. dan Shosh Iloq arxeologiya ekspeditsiyasi rahbari. Ilmiy faoliyati Toshkent vohasi hunarmandchiligi, shaharsozligi va madaniyatitarixini oʻrganishga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985).

As: Gornoye delo i metallurgiya srednevekovogo Ilaka, M., 1974; Istoricheskaya topografiya drevnix gorodov Tashkentskogo oazisa, T., 1975; Toshkent vohasining qadimiy karvon yoʻllari, T., 1978; Genezis i etapы razvitiya gorodskoy kulturы Tashkentskogo oazisa, T., 1982.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x