BURMALANGAN OBLAST

BURMALANGAN OBLASTgeosinklinal mintaqa rivojlanishining yagonaligi va bir vaqtda burma hosil boʻlishi bilan ajralib turadigan bir qismi. Yer poʻsti harakatdagi zonalari — geosinklinal mintaqalari rivojlanishidagi qonuniy bosqich. Tektonik jarayonlarning rivojlanishi intensivligi bir xil emasligi sababli Burmalangan oblast baʼzi bir davrlar — burmalanish davrlari bilan bogʻliq. Mac, paleozoy davrining boshidan boshlab kaledon Burmalangan oblast (asosiy burma hosil boʻlishi ordovik, silur va devon davri birinchi yarmida boʻlgan), gersin Burmalangan oblast (paleozoy oxirida), mezozoy yoki kimmeriy Burmalangan oblast (yura va boʻr davri boshlanishida) farq qilinadi. Tokembriyda ham bir kancha Burmalangan oblast hosil boʻlgan. Burmalangan oblastda burmalardan tashqari tektonik qoplamlar bor, togʻ jinslari regional metamorfizmga uchragan, kuchli magmatik jarayonlar sodir boʻlgan. Burmalangan oblastning maʼlum bir kismi platformalarning choʻkindi qoplami burmalanishidan yoki geosinklinal oblastning chekkalarida, shuningdek platforma ichkarisidagi burmalangan zonalar — avlakogenlarda (Donbass) tarkib topali. Oʻzbekistonda tokembriy, kaledon, gersin va kimmeriy Burmalangan oblast mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x