BURGANLI MADANIYATI

BURGANLI MADANIYATI — soʻnggi jez va ilk temir davrlari (mil. av. 1 min g yillik boshi —6—4a. lar)ga oid arxeologik madaniyat. Toshkent yaqinidagi Burgashshsoy sohilidan topilgan manzilgoh nomi b-n atalgan. Toshkent viloyatidagi Ohangaron daryosining irmoqlari hamda Joʻn va Salor kanallarining shoxobchalari havzalarida tarqalgan. Burganli madaniyatiga oid dastlabki yodgorliklar 1934-y. arxeolog G. V. Grigoryev tomonidan Qovunchitepaning ostki qatlamlaridan topilgan. 1940-y. A. I. Terenojkin Burganlisoyda olib borgan qazish ishlaridan soʻng Burganli madaniyati alohida mustaqil madaniyat ekanligini aniqlagan. Burganli madaniyati qadimda Toshkent regionida yashab, koʻchmanchi chorvachilikdan oʻtroq dehqonchilikka oʻtgan aholi madaniyati hisoblanadi. Bu madaniyatga oid eng yirik manzilgoh Ohangaron daryosi boʻyida boʻlib, u xom gʻishtdan qurilgan mustahkam mudofaa devori va xandaq b-n oʻralgan. Undagi yarim yertoʻlalar kvadrat, toʻgʻri toʻrtburchak va tuxumsimon shaklda boʻlib, eshigi daryo tomon qaragan. Ular ichidan oʻchoqlar, turli sopol idish boʻlaklari va hayvonlar suyagi bilan toʻla oʻralar topilgan. Bu davr aholisi xoʻjaligida chorvachilik bilan bir qatorda, dehqonchilik ham muhim rol oʻynagan (manzilgohlardan koʻplab jez oʻroq, tosh omoch va yorgʻuchoqlar chiqqan), ov va baliqchilik esa ikkinchi darajali ahamiyatga ega boʻlgan. Bu davr hunarmandchnligi (kulolchilik, temirchilik, toʻquvchilik va b.) ancha sodda. Sopol idishlar, asosan qoʻlda yasalib, sirtiga qizil rang berilgan va baʼzi geometrik shakllar ham chizilgan. Ayrim idishlar ichki qismida dagʻal jun mato izi saqlanib qolganligi ularning mato qoliplarda tayyorlanganligini koʻrsatadi. Paykon, xanjar, pichoq, taqinchoq, ustara, bigiz, qoshiq, bel kabi jang va mehnat qurollari, uyroʻzgʻor, zebziynat buyumlari ham jezdan yasalgan. Burganli madaniyati yodgorliklari Fargʻona vodiysidagi Chust madaniyati, Surxondaryodagi Kuchuktepa, Mirshodi, Bandixon, Jarqoʻton, Jan. Turkmanistondagi Yoztepa va Shim. Afgʻonistondagi Tilyaatepa yodgorliklariga koʻp jihatdan oʻxshashdir. A. A. Asqarov va M. Filanovich Shosh moddiy madaniyat tarixini Shoshtepa materiallari asosida 2 bosqich — B. m. ning tugallanish bosqichi (mil. av. 6—4-a. lar) va Burganli madaniyati ningQovunchi madaniyatiga oʻtish bosqichi (mil. av. Z — 2-a. lar) ga ajratadi.

Ad..Buryakov Yu. F., Qosimov M. R., Rostovsev O. M ., Toshkent oblastining arxeologik yodgorliklari, T., 1975; Buryakov Yu. F., Genezis i etapы razvitiya gorodskoy kulturы Tashkentskogo oazisa, T., 1982; Duke X. I., Tuyabuguzskiye poseleniya Burgulyukskoy kulturы, T., 1982.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x