BUNAK Viktor Valerianovich

BUNAK Viktor Valerianovich (1891. 23.9, Moskva — 1979) — antropologiya maktabi asoschisi, biol. fanlari d-ri (1935), prof. (1925). Moskva un-ti Antropologiya i. t. institutining direktori (1924—30), biol. fakultetida va Antropologiya in-tida odam morfologiyasi boʻlimi boshligʻi (1930 — 48). «Rus antropologik jurnali» Bosh muharriri (1923—31). Rossiya FA Etnografiya in-tining antropologiya sektorida katta ilmiy xodim (1949). Bunakning asosin ishlari odam morfologiyasi, irqchilik, antropogenez, odam genetikasi, nutqning kelib chiqishi masalalariga oid. B. Teshiktosh gʻoridan topilgan bolaning bosh suyagidagi miya boʻshligʻi tuzilishini tekshirib, uning «neandertal» odamlarga oʻxshashligini isbotlagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x