BUKRI PASHSHALAR

BUKRI PASHSHALAR, namchil pashshalar (Ceratopogonidae) — qoʻshqanotlilar oilasi. Uz. 0,5—4 mm, tanasi bukri, xartumi uzun, kanotlaʻ ri koʻpincha tangachalar bilan qrplangan. 4 mingga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda Culicoides va Leptoconops urugʻlariga mansub 60 turi tarkalgan. Urgʻochisi suv ustida oʻsadigan oʻsimlik barglarining ostki tomoniga 75—120 ta tuxum qoʻyadi. Qurtlari sohil yaqinidagi balchiqda, nam qumli joylarda rivojlanadi. Koʻpchilik turlarining urgʻochisi issiqqonli hayvonlar va odam qonini, ayrim turlari hasharotlar gemolimfasini soʻradi. Erkaklari, ayrim turlarining urgʻochisi gul nektari bilan oziqlanadi. Qurtlari detrit, suv oʻtlari, tuban zamburugʻlar, oʻlik hayvonlar murdalarining parchalari bilan oziqlanadi. Bukri pashshalar shim. hududlarda ayniqsa koʻp uchraydi, choʻl mintaqasida quduqpar va b. suv manbalari yaqinida tarqalgan boʻlib, gnus komponentlaridan biri hisoblanadi, ertalab va kechqurunlari faol qon soʻradi; onxotserkoz, gemosporidioz, filyarioz, yapon ensefaliti, tulyaremiya kabi kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilarini tarqatishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x