BUKEY OʻRDASI

BUKEY OʻRDASI (Ichki Oʻrda) Rossiya imperiyasiga qaram qozoq xonligi (1812—47). Ural va Volga daryolari oraligʻidagi yerlarda tashkil qilingan. Qozoq sultonlaridan Nuralixon 1749-y. Kichik juz (Kichik Oʻrda) ga xon boʻlgach, mamlakatda hokimiyat uchun ayovsiz kurash boshlangan. Shunda Ashtarxon (Astraxon) kazak polki komandiri Popov taxtdan umidini uzgan Nuralixonning oʻgʻli Bukeyga Ural va Volga daryolari oraligʻidagi dashtlarga koʻchib oʻtish uchun chor hukumatidan ijozat soʻrashni maslahat bergan. Bukey 1799-y. shunday qilgan. Rossiya imperatori Pavel I ruxsat bergach (1801), Bukey oʻz tarafdorlari (5 ming oʻtov, 22 mingdan ortiq kishi) bilan mazkur dashtlarga koʻchib oʻtgan. 1812-y. chor hukumati Bukeyni xon etib tasdiqiagan. Bukey vafot etgach (1815), B. Oʻ. ni uning ukasi Shigʻay idora qilgan (1815—23), undan keyin taxtga Bukeyning oʻgʻli Janger (1823—45), soʻng Jangerning oʻgʻli Sohib Girey oʻtirgan (1845—47). Sohib Girey vafot etgach, chor hukumati xonlik hokimiyatini bekor qilib (1848), B. Oʻ. boshqaruvini rus chinovniklaridan iborat Muvaqkat kengashga topshirgan. Bukey Oʻrdasi 1876-y. Ashtarxon (Astraxon) gubernyasi tarkibiga qoʻshib yuborilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x