BUJ

BUJ (frans. boudie—zond) — jarrohlik asbobi; odam organizmidagi chandiqlanib torayib qolgan naysimon aʼzolar (qiziloʻngach, siydik yoʻli va b.)ni kengaytirish va tekshirish uchun ishlatiladi. Buj yoʻgʻon va ingichka boʻlib, metall, kauchuk, plastmassadan yasaladi. Elastik hamda yumshoq boʻladi. Har bir bemor uchun maxsus yoʻgʻonlikdagi Buj tanlab olinadi. Quloq, hiqildoq, kekirdak, shuningdek qiziloʻngach va qon tomirlari B. i ham bor. B. ishlatishdan oldin sterillanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x