BUGʻU — qirgʻizlarning yirik qabilasi. Bugʻular 19-a. oʻrtalarida saribagʻish qabilasi bilan birga Chu va Oqsuv daryolari havzasida hamda Issiqkoʻlning sharqiy qirgʻogʻi, Norin, Kechen va Tekes daryolari boʻylarida, Qarqara vodiysida koʻchmanchilik qilib yashaganlar. Chorvachilik va dehqonchilik b-n shugʻullanganlar. Terskey, Kungay, Tuykal koʻllari boʻyida sugʻorma dehqonchilik qilganlar. 1855-y. da Rossiyaga qoʻshib olingan. 1913-y. da 11 mingdan oshiq B. xoʻjaligi roʻyxatga olingan. 20-a. birinchi choragida qirgʻiz xalqi tarkibiga singib ketgan.
Bugʻu quyidagi urugʻlarga boʻlingan: chelek (manaplar urugʻi), torgo, bapa, yelden, takaboy, bogʻir (jigar), dyolyos, qidiq, qoʻngʻirot, moʻngʻuldur, sayoq, shiqmayot, qaba, asan tukum, ariq tukum, kuchuk, serikey, ondon.