BRYANSK VILOYATI

BRYANSK VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1944-y. 5 iyudda tashkil etilgan. Bryansk viloyatida 27 tuman, 16 shahar va 31 shaharcha bor. Mayd. 34,9 ming km2. Aholisi 1467 ming kishi (1999), asosan ruslar, shuningdek ukrainlar, beloruslar va b. yashaydi. Shaharliklar 60%. Markazi — Bryansk sh.

Bryansk viloyati Oʻrta Rossiya qirlarining gʻarbiy chekkasida, relyefi toʻlqinsimon tekislik. Sharqiy qismi bir oz baland (200—250 m). Torf, fosforit, gil, qum, mergellar bor. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —7°—9°, iyulniki 18°—19,G. Yiliga 550—600 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari Dnepr daryosi havzasiga mansub, eng yirigi — Desna. Asosan podzol tuproq uchraydi. Bryansk viloyatining kattagina qismi oʻrmon zonasida, jan. sharqiy qismigina oʻrmonli dasht zonasida. Qaragʻay, qoraqaragʻay, qayin oʻsadi. Oʻtloq koʻp.

Bryansk viloyati sanoatida mashinasozlik va metallsozlik yetakchi oʻrinda. Teplovozlar, t. y. vagonlari, yuk avtomobillari, stanoklar, ekskavatorlar, avtogreyderlar, q. x mashinalari, priborlar, yengil sanoat uchun texnologik jihozlar ishlab chiqariladi. Bryanskda «Bryansk mashinasozlik z-di», «Bryansk elektromexanika z-di», «Bryansk avtomobil z-di», yoʻl mashinalari i. ch. birlashmalari ishlab turibdi. Yengil sanoat jun gazlama i. ch. ga ixtisoslashgan. Bryanskda kamvol k-ti, Klinsida movut k-tlari, kanop yigiruv fkalari, «Krasniy gigant» koʻn birlashmasi bor. Qurilish materiallari sanoatida sement, shifer, asbestsement quvurlar, oynashisha, isitish radiatorlari ishlab chiqariladi. Oynashisha z-dlari, Dyatkovo billur z-di, «Bryansksement» i. ch. birlashmasi bor. Oʻrmonkimyo kompleksida mineral oʻgʻitlar, qogʻoz va karton ishlab chiqariladi. Taxta tilish, fanera, mebel, yogmoy, konserva korxonalari ishlab turibdi. Mahalliy torf asosida energetika rivojlangan. Q. x. gʻallakartoshka yetishtirish va sutgoʻsht chorvachiligiga ixtisoslashgan. Asosiy ekinlari: javdar, suli, grechixa, bugʻdoy, texnika ekinlaridan konoplya, zigʻir, qand lavlagi, tamaki. Qoramol, shu jumladan sigir, choʻchqa, qoʻyechki, parranda boqiladi. Asosiy transporti — t. y. Avtomobil yoʻllari zich. Desna daryosida kema qatnaydi. 3 oliy oʻquv yurti, 26 oʻrta maxsus oʻquv yurti, oʻlkashunoslik muzeyi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x