BRUSNIKA

BRUSNIKA (Vaccinium vitsdaea) brusnikadoshlar oilasiga mansub doim yashil chala buta. Boʻyi 25 sm. Bargi qalin, teskari tuxumsimon yoki ellipssimon, chetlari pastga qayrilgan. Gullari och pushti, qoʻngʻiroqsimon, mevasi qizil, dumaloq, serurugʻ va sershira. Rossiyaning oʻrmon va tundra zonalarida hamda Kavkaz togʻlarida oʻsadi. Oʻzbekistonda uchramaydi. Bargida 9% gacha arbutin glyukozidi, gidroxinon, giperozid, oshlovchi va b. moddalar; mevasida 10,3% gacha qand, organik kislotalar, vaksinin glyukozidi bor. Bargidan tayyorlangan ekstrakt va kaynatma buyrakda tosh paydo boʻlishi, revmatizm, podagra, mevasi esa avitaminoz kasalliklarini davolashda foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x