BRONXOSKOPIYA (bronx va yun. Skopeo — koʻraman, tekshiraman) — hiqildoq (traxeya) va bronxlarning ichki yuzasini maxsus asbob — bronxoskop yordamida bevosita koʻrib tekshirish usuli. Bu asbob bir uchida optik va yoritgich sistemasi boʻlgan metall naychadan iborat. Bronxoskopiya qilinganda naycha ogʻizdan tomoqorqali (yuqori Bronxoskopiya) yoki hiqildoqni kesib bronxlarga kirgiziladi (quyi Bronxoskopiya) Hozir Yaponiyaning «Olympus» hamda Germaniyaning «Fujinon» (Fujinon), «KarlShtors» (KarlZtorz) firmalarida ishlab chiqarilgan bronxoskoplar mavjud. Ular obyektni suratga olish, unga dori moddalari yuborish hamda bronx yoʻlidan yot jismlarni, shuningdek undagi oʻsmalarni olish, kuydirish moslamalariga ega. Ularning eng zamonaviysi elektron videoendoskop va skanner bilan birga endoskopiya qiladigan apparatdir; bu apparatlar bilan Bronxoskopiya qilinganda teleekranda rangli tasvir hosil boʻlib, atrofdagi toʻqimalarni ultratovush tekshiruv maʼlumotlari ham ekranda koʻrinadi. Bronxoskopiya kasallikni aniqpash hamda davolash maqsadida qoʻllaniladi. B qilishdan oldin bemorning umumiy ahvoli, kasallik holati obdan tekshiriladi. Shu bois davo Bronxoskopiyasi bir necha bosqichda olib boriladi. Bronxoskopiya zaruriyati tugʻilganda vrach ruxsati bilan qilinadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые