Britaniya kutubxonasi Alisher Navoiy sheʼriyatini oʻz ichiga olgan 30 dan ziyod qoʻlyozmaga ega

Alisher Navoiy — Sharq Renessansining yirik namoyandasi sifatida jahon sivilizatsiyasi tarixida, ayniqsa, turkiyzabon xalqlar madaniy va maʼnaviy hayotining rivojida alohida oʻrin tutadigan yorqin shaxsdir. Bunga quyidagilar dalildir.

Birinchidan, u oʻzining gumanistik gʻoyalari, badiiy-falsafiy qarashlari, oʻlmas sheʼriy asarlari bilan insoniyat tafakkuri rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk shoir va mutafakkir. Uning adabiy merosi nihoyatda ulkan va serqirra.

Ikkinchidan, Alisher Navoiy butun dunyo qarshisida turkiy (oʻzbek) tilining boy imkoniyatlarini koʻrsatib bera olgan va arab hamda fors tillaridan hech qaysi jihatdan kam boʻlmagan goʻzal til ekanligini isbotlab bergan buyuk tilshunos olimdir.

Uchinchidan, Navoiy — buyuk adabiyotshunos olim. U Sharq sheʼriyatining muammo, qasida kabi XV asrga kelib deyarli unutilayozgan janrlarini tiklshga alohida eʼtibor berib, nafaqat turkiy adabiyot, balki forsiy adabiyot rivojiga ham katta hissa qoʻshdi.

Toʻrtinchidan, Navoiy butun ongli hayotini turkiy xalqlarning nufuzini, milliy gʻurur va milliy oʻziga xosligini qayta tiklashga sarflagan buyuk vatanparvardir. Navoiy tufayli dunyo xalqlari turkona madaniyat va maʼnaviyatga alohida ehtirom koʻrsata boshlganlar. Hazrat Navoiy oʻzining hayotini xalqimiz ilm-fani va sanʼatini rivojlantirishga, mamlakat ravnaqi, xalq va millatning tinch-totuv yashashi hamda davlat qudratini musthkamlashga bagʻishladi. Sulton Husayn Boyqaro ul zotni “mamlakat ustuni, davlat tayanchi” deb bejiz nomlamagan.

Navoiydagi bagʻrikenglik, adolatlilik, donolik, siyosatdonlik va fuqarolarga gʻamxoʻrlik fazilatlari Sultonga davlatni adolatli boshqarishda yaqindan yordam bergan. Shuning uchun ham Sulton Navoiyni doʻst sifatida benihoya ulugʻladi va qadrladi. Har qanday sharoitda ham uni yonidan uzoqlashtirmaslikka harakat qildi. Ularning birga boʻlishi davlatni mustahkamlash, adolat oʻrnatish, har sohada, til, madaniyat, sanʼat, ilm-fan sohalarini rivojlantirish bilan birga davlatning mudofaa qudrati, xalqaro obroʻ-eʼtiborini oshirishga xizmat qildi.

Hazrat Navoiy garchi hayotining mazmunini ijod qilishda deb bilsa ham, davlat va xalq manfatini oʻylab, xalq osudaligi yoʻlida Sulton yonida turib muhim davlat ishlarini bajardi. Navoiy amiri kabir — bosh vazir sifatida uzoq yillar davlat boshqaruvining eng muhim va nozik boʻgʻinlarida, sud-adliya, ichki ishlar, soliq tizimi, tashqi diplomatik aloqalar, ichki nizolar, chegara muammolari, umumxalq yigʻinlari va tadbirlarida davlat va xalq manfaatlarini uygʻunlashtirdi va himoya qildi. Hazrat Navoiy davlat xizmatini mansab va obroʻ uchun emas, balki millat qadriyatlarini tiklash va butun dunyoga tan oldirishdek ulkan vazifani amalga oshirish uchun bir imkoniyat va vosita deb bildi.

Navoiy faqat turkiy xalqlarga emas, balki butun bashariyatga tegishli mutafakkir shoir. Uning asarlari bir millat uchun yozilgan emas. Ularda tilga olingan har bir muammo va uni bartaraf etish gʻoyalari butun insoniyatga dahldordir.

Britaniya kutubxonasi Alisher Navoiy sheʼriyatini oʻz ichiga olgan 30 dan ziyod qoʻlyozmalarga ega. Ushbu konferensiya, shuningdek, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti bilan oʻrnatilgan hamkorlik biz uchun sherikchilik dasturidagi dastlabki muhim qadamdir. Biz birgalikda Nvoiyning boy poyetik merosi hamda Markaziy Osiyoning rang-barang qoʻlyozmalarini toʻplash anʼanasidan butun dunyoni bahramand eta olamiz.

Oxir-oqibat, Navoiy misolida biz bu xayrli ishga yoʻl ochdik. Donishmandlik hamda nafosatga yoʻgʻrilgan sheʼriyati va hayotiy faoliyatida u bizga, umuman, butun insoniyatga oʻrnak boʻluvchi rahnamo, adolatli kishilik jamiyatiga intiluvchilar uchun mashʼal boʻluvchi aql-zakovat sohibidir.

 

Maykl Jeyms Erdman,

Britaniya kutubxonasining turk va turkiy toʻplamlar boʻlimi rahbari

 

ijod.uz

https://saviya.uz/hayot/nigoh/britaniya-kutubxonasi-alisher-navoiy-sheriyatini-oz-ichiga-olgan-30-dan-ziyod-qolyozmaga-ega/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x