BREJNEV Leonid Ilich

BREJNEV Leonid Ilich (1906.19.12, Dneprodzerjinsk — 1982.10.11, Moskva) — KPSS MK 1 (196466) va bosh (1966—82) kotibi, sobiq Ittifoq Oliy Kengashi Prezidiumi raisi (196064, 197782). Marshal (1976). 1941—45 y. lardagi urushda siyosiy ishda. 1946-y. dan Ukraina (KPb) Zaporojye, Dnepropetrovsk viloyat qoʻmitalarining 1kotibi, 1950—52 y. larda Moldaviya (KPb) MK 1kotibi. 1953-y. dan Armiya va Harbiydengiz floti Bosh siyosiy boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari. 1954—56 y. larda Qozogʻiston KP MK 2kotibi, 1kotibi. 1952 — 53, 1956—60, 196364-y. larda KPSS MK kotibi. N. S. Xrushchyovni ishdan majburlab ketkazish tashkilotchilaridan biri (1964). Brejnev bosh kotiblik lavozimida ishlagan paytda mamlakatda turgʻunlik kuchaydi, iqtisodiyotda, jamiyatning ijtimoiy va maʼnaviy sohalarida salbiy jarayonlar avj oldi. Iqtisodiyotda ekstensiv omillarga zoʻr berildi. Chexoslovakiyaga intervensiya amalga oshirildi (1968), Afgʻonistonga qoʻshinlar kiritildi (1979).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x