BREGGVULF SHARTI

BREGGVULF SHARTItoʻlqin uzunligini oʻzgartirmay kristalldan sochilgan rentgen nurlarining interferension maksimumlari vaziyatini belgilovchi shart. Ingliz fizigi U. L. Bregg va rus fizigi G. V. Vulf tomonidan bir-biridan mustaqil ravishda 1913-y. topilgan. Bu shartga koʻra, rentgen nurlari parallel kristallografik tekisliklar tizimidan qaytganda interferension maksimumlar vujudga keladi. Breggvulf sharti —V. sh. ni quyidagi koʻrinishda yozish mumkin: 2sЫpv=pK, bunda d — tekisliklar orasidagi masofa, v — qaytaruvchi tekislik bilan tushayotgan nur orasidagi burchak, X — rentgen nurlari toʻlqinlari uzunligi, p — nur qaytarish tartibi, yaʼni musbat yaxlit son. Kristallardan fakat rentgen nurlari emas, balki u nurlar sochilganda (elektronlar, protonlar va neytronlar difraksiyasida) ham Breggvulf sharti —V. sh. bajariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x