BRAZILIYA

BRAZILIYABraziliya poytaxti (poytaxt rasman 1960-y. 21 apr. da RiodeJaneyrodan shu shaharga koʻchirilgan). Mamlakatning markazida, Braziliya yassitogʻligida, qariyb 1200 m balandlikda, sunʼiy suv omborining sohiliga qurilgan. Aholisi 1,8 mln. kishi (1996). Shahar atrofi bilan birga Federal (poytaxt) okrug qilib alohida maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan, aholisi 2,9 mln. kishi (1992). Qishda oʻrtacha tra 19°, yezda 22°. Yiliga 1300 mm yogʻin yogʻadi. Transport yoʻllari tuguni. Xalqaro miqyosdagi aeroport bor. B. ayrim poytaxt shaharlar (Kanberra, Bonn, Vashington, Islomobod) kabi faqat maʼmuriy poytaxt boʻlib, sanoat korxonalari deyarli yoʻq. Faqat oziqovqat va yengil sanoat korxonalarigina ishlab turibdi. Braziliyada prezident qarorgohi va kanselyariyasi, Milliy kongress va Oliy sud, ministrliklar kabi hukumat muassasalari joylashgan. Shahar Braziliya Konstitutsiyasining poytaxtni mamlakatning geografik markaziga yaqin joyga koʻchirish toʻtrisidagi maxsus bandini ijrʻo qilish maqsadida 1957-y. dan qurila boshladi. Shahar qiyofasi samolyot shaklida loyihalashtirib qurilgan. Braziliya bosh rejasi meʼmor L. Kosta tomonidan ishlangan. Uch hokimlik maydonida maʼmuriy va jamoat binolari joylashgan. Braziliyada unt bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x