BRANXIYLAR

BRANXIYLARMilet sh. yaqinida joylashgan Didimeyon ibodatxonasidagi Apollon orakuli (ibodat qiluvchilar goʻyoki oʻz savollariga tangri javobini oladigan, shuningdek uning bashoratidan voqif qilinadigan maxsus joy)ni boshqargan kohinlar sulolasi. Yunon afsonalariga koʻra, delfalik q(. Delfa) Branx ularning bobokaloni bulgan. Axomaniylar poashoxs Kserks (Xshayarshan) Yunonistonga yurish qilganda q(. Yunonfors urushlari) Branxiylar mazkur ibodatxona xazinasini unga inʼom qilishgan. Ammo, Kserks bu urushda magʻlub boʻlgach, oʻz vatandoshlarining intiqomidan qoʻrqib, shoh bilan birga Eronga kelganda, undan doimiy yashashlari uchun joy soʻragan. Shunda Kserks Branxiylarni Shim. Baktriyaga, Oks (Amudaryo) boʻyiga joʻnatgan (taxm. mil. av. 480). Ular tayinlangan yerga kelib shahar qurishgan. Mazkur shahar Iskandar Maqduniy tomonidan vayron qilinib, Branxiylar oʻtmishdagi xiyonatlari uchun qatli om etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x