BOZOR PUL VA KREDIT

«BOZOR PUL VA KREDIT» («Rыnok, dengi i kredit») — Oʻzbekistondagi bank xodimlari, tadbirkor va ishbilarmonlarning ilmiyamaliy oylik jurnali. Toshkent sh. da 1996-y. sent. dan uzbek va rus tillarida nashr etiladi. Muassislari: OʻzR Markaziy banki, «Oʻzagrosanoatqurilishbank», «Paxtabank», «Tadbirkorbank», «Oʻzsavdogarbank», OʻzR Xalq banki, «Oʻzaviabank», «Trastbank», «Gʻallabank», «Turon» banki, «Aloqabank», «Zamin» banki va b. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va b. banklar hamda ularning mijozlari faoliyatini yoritadi. Asosan, Oʻzbekiston pulkredit tizimining shakllanishi, tijorat banklarini boshqarish, investitsiya faoliyatini faollashtirish, bank xizmatlarining yangi shakllarini joriy etish, kreditlardan samarali foydalanish, shuningdek soliq, xususiylashtirish, koʻchmas mulk kabi iqtisodiy masalalarda turli sharhlar va xabarlar, maslahatlar hamda boshqa material lar beradi. Adadi rus va uzbek tilida 4300 nusxa (2000).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x