BOYSUNSOY

BOYSUNSOYSurxondaryo viloyati Boysun tumanidagi soy. Surxondaryonint oʻng irmogʻi. Ketmonchopti togʻining jan. sharqiy yon bagʻridagi buloqlar (2500 m)dan boshlanadi. Yuqori oqimi dastlab Qoʻrgʻondarasoy, Avlodsoy, soʻng Hangaronsoy, quyi oqimi Taqirsoy va Taqirkoʻlsoy deb ataladi. Jaloir t. y. st-yasidan 1,5 km sharqda Surxondaryoga quyiladi. Uz. 82 km, havzasining mayd. 55.8 km2. B. ga umumiy uz. 213 km boʻlgan 150 ga yaqin irmoq qoʻshiladi. Boysunsoy vodiysining eni Avlod qishlogʻigacha 15—16 m dan 80 m gacha. Boysunsoy qrr, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi, oʻrtacha yillik suv sarfi 0,58 m3/sek. Suv koʻpayganda (apr, — iyun) oʻrtacha suv sarfi 1,0 m3/ sek. ni tashkil etadi va yillik oqimining 60—70% ham shu davrga toʻgʻri keladi. Baʼzan sel oqimlari kuzatiladi. Toshqin davrida suvi loykalanadi (13 kg/m3).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x