BOYMATOV

BOYMATOV Abdumoʻmin (1931.1.1, Fargʻona) — haykaltarosh, Oʻzbekiston xalq rassomi (1989). Respublika rassomlik bilim yurtini (1959) va Leningrad (hoz. SanktPeterburg) rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik in-tini (1965) tugatgan. Toshkent pedagogika in-ti (1966—85) va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn in-ti (1978—98)da dare bergan. Boymatov dastgoxli va mahobatli haykaltaroshlikda ijod qiladi, portret ustasi. Ijodiga akademik sanʼatga xos badiiylik, mahorat, shakl pishiqligi va yaxlitligi, ulugʻvorlik ruhi xos. Muhim asarlari: «Qoraqumda» (gips, 1964), «Karnay» (bronza, 1964), «Abu Ali ibn Sino» (yogʻoch, 1967), «Fidoyi» (yogʻochgranit, 1972), «AlXorazmiy» (yogʻoch, 1972), «Al Forobiy» (gips, 1974), «Shahid ketganlar xotirasiga» (bronza, 1977), «Baxmal qizi» (yogʻoch, 1977), «Furqat va Muqimiy» (bronza, 1983), «Umar Xayyom» (gips, 1983), «Alisher Navoiy» (bronza, 1991) va b. ; «Pop tumani askarlariga» (qizil tuf, 1970) va «Quva tumani askarlariga» (granit, bronza, 1987) va b. mahobatli yodgorliklar muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x