BOY QABR

BOY QABR (Tolstaya mogila) skiflar qoʻrgʻoni (mil. av. 4-a.). Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati Orjonikidze sh. yaqinida joylashgan. 1971 i. B. N. Mozolevskiy tomonidan tadqiq etilgan. Qoʻrgʻon tagida 2 ta maqbara ochilgan. Ulardan biri (yonboshdagisi) dan aslzoda ayol va uning goʻdagining suyak qoldiqlari topilgan. Ular sernaqsh, zarbof liboslar bilan hamda 4 ta xizmatkor hamrohligida dafn etilgan. Markaziy maqbara (talontaroj etilgan) ga esa skiflarning oliy zodagoni dafn qilingan. Dafn anjomlari orasida qurolyarogʻ, idishlar, 600 ga yaqin bezak buyumlar saqlanib qolgan. Koʻkrakka taqiladigan oltin bezak — pektoral oʻzining yuksak badiiy ishlovi bilan alohida qimmatga ega. Maqbara yonida 3 otboqar, 7 ot tilla egarjabduqlari b-n dafn etilgan. Topilmalar Kiyevdagi Ukraina tarixiy qadriyatlar muzeyida saqlanmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x