BOXAY

BOXAY — Shim. Sharqiy Osiyodagi ilk oʻrta asr davlati (8-a. — 926-y.). Hududi hoz. Xitoy, Rossiyaning Primorye oʻlkasi va Koreyaning bir kismini egallagan. Boxay jan. sharkda Tan imperiyasi, gʻarbda Yuesi moxe (keyinchalik kidonlar) va shim. sharkda Xeyshuy moxe kabilalari yerlari, jan. da Silla davlati bilan chegaralangan, uning sharqiy chegarasi esa dengiz qirgʻogʻidan oʻtgan. Aholisi asosan tungus moxe qabilalari, koreys va xitoylardan iborat boʻlgan, dehqonchilik, chorvachilik, ipakchilik, ovchilik, balikchilik va hunarmandchilik b-n shugullangan. Boxayda temir, kumush, mis, oltin, jez i. ch., qurolyarogʻ yasash, toʻqimachilik, kulolchilik, koʻnchilik taraqqiy etgan, daryo va dengiz kemachiligi rivojlangan. Koʻpchilik Boxaylik zodagonlar Xitoy poytaxti — Chanʼanda taʼlim olganlar. Boxayda Tan madaniyati taʼsiri kuchli boʻlgan. Boxay aholisi xitoycha iyeroglif yozuvidan keng foydalangan. Boxayda adabiyot, ilmfan va sanʼat ham rivojlangan boʻlib, buni Xabarovsk va Tokiodagi muzeylarda saqlanayotgan arxeologik topilmalar tasdiqlaydi. Boxay qoʻshni davlatlar, xususan Xitoy va Yaponiya bilan madaniy, siyosiy va savdo-sotiq aloqalari olib borgan. Boxayning eng gullagan chogʻi Da Sin Mao (738—794) hukmronligi davriga toʻgʻri keladi. Boxay 926-y. kidonlar tomonidan istilo etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x