BOTIROV

BOTIROV Roald (Ravil) Ismoiloshch (.1931.4.4, Astraxon) — kinorejissyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1977). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1952). Buxoroteatrida bosh rej. (195259). Teatrda 20 ga yaqin spektakl qoʻygan: «Momaqaldiroq», «Oqpadar», «Tohir va Zuhra», «Oltin koʻl» va b. Shuningdek, Namangan teatrida Re«vizor», Hamza teatrida «Vassa Jeleznova» spektakllarini qoʻygan. 1959—90 y. lar «Oʻzbekfilm»da rej. 1990-y. dan oʻzi tashkil etgan «Inson» kinostudiyasining badiiy rahbari. Mashhur filmlari: «Dorbozlar», «26otilmasin», «41yil olmalari», «Seni kutamiz, yigit», «Unutilmagan qoʻshiq», «Muhabbat va nafrat» (Yugoslaviya bilan hamkorliqda), «Mana oʻsha yigit qaytib keldi», «Leytenant Nekrasovning xatosi», «Ikkinchi davra» va b. Obrazli tasvir, musiqa, kadr va kadr ortida yangraydigan badiiy matnni aktyor oʻyini bilan bogʻlash, film qahramonlarining xarakterini ochib berish, xalqlarning maʼnaviy birligini kuylash Botirov ijodiga xos. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotining laureata (1986).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x