Botir Qodirov — Ishq

Ishqim o`zimni yoqur,
Ko`nglim o`z qasrini.
Qilar qancha nido,
Eshitgin so`zimni.

Suygan bu dilimni
Qara, yondirdi ishq.
Mehrim so`ndirdi ishq,
Yo`qqa chiqdi bu ishq. (x2)

Yodimda, menga ko`p dedilar:
“Unga bog`lama dil!”.
So`ngida sening hislaring
Nafratga bo`ldi kafil.

Nega ko`ndi bu ishq?
Nega so`ndi bu ishq?
Yolg`on bo`ldi bu ishq,
Yomon bo`ldi bu ishq. (x2)

Mening yodimdan chiqdi
“Sevaman” deyishing.
Endi istamayman
Yonimda bo`lishing.

Mana, nelar bo`ldi:
Gumon bo`ldi bu ishq.
Tamom bo`ldi bu ishq,
Yo`qqa chiqdi bu ishq. (x2)

Yodimda, menga ko`p dedilar:
“Unga bog`lama dil!”.
So`ngida sening hislaring
Nafratga bo`ldi kafil.

Nega ko`ndi bu ishq?
Nega so`ndi bu ishq?
Yolg`on bo`ldi bu ishq,
Yomon bo`ldi bu ishq. (x2)

Yolg`on bo`ldi bu ishq,
Yomon bo`ldi bu ishq…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x