Bo‘stonliq xazinasi


Post Views:
51

BO‘STONLIQ XAZINASI – moddiy-madaniyat yodgorligi (milodiy 11-asr birinchi yarmi). Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining Sijjak qishlog‘idagi Ko‘kyong‘oq mavzeida, Piskom daryosining o‘ng sohilida bo‘lgan. 1965 yilda cho‘pon Q. Ermatov topib, O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyiga topshirgan. Bo‘stonliq xazinasi har birining og‘irligi 200 g li 8 ta burama bilaguzuk, 8 ta tumor saqlanadigan quticha, 27 ta qo‘ng‘iroqcha, 1 ta buloqi (burunduq) va bo‘yinga taqiladigan bir qancha zanjirdan iborat; hammasi kumushdan yasalgan. Bilag-uzuklar o‘yma, chizma va bosma usulda ishlangan bo‘lib, ikki uchi ilonboshi ko‘rinishda, sirti turli geometrik shakl, naqsh va sug‘dcha yozuvlar bilan bezatilgan. Bu yerda olib borilgan arxeologik qazishlar jarayonida xumdonlar va kumush buyumlar yasaladigan ustaxonalar qoldig‘i, tangalar, sirlangan sopol idishlar bo‘lagi ham topilgan. Bo‘stonliq xazinasi Toshkent vohasining qadimiy aholisi madaniyatini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/bo-stonliq-xazinasi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x