BOSHQIRD

BOSHQIRD — 1) boshqirdlar millatiga mansub kishi;

2) oʻzbeklarning qipchoq, jaloyir qabilalari tarkibiga kirgan bir urugʻning nomi. Fargʻona vodiysi va Surxondaryo viloyatida «Boshqird qishloq» deb ataladigan qishloqlar ham uchraydi. Hasan Ato Abushiyning «Turkiy qavmlar tarixi» asari (1909)da keltirilishicha, B o sh qoʻrd atamasi «Bosh uygʻur» yoxud «Boshqutir» soʻzidan olingan. Kamoliddin Binoiy «Shayboniynoma» asarida 15-a. oxiri — 16-a. boshlarida Sirdaryoning oʻrta havzasida yashagan turkiy qabilalar orasida bachkirdlarni ham sanab oʻtgan. 92 oʻzbek urugʻi toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi «Asomiyi navodu du firqayi oʻzbek»da bachqirlar nomi ham keltirilgan. Fargʻona viloyatida Bochqir nomli qishloq boʻlib, K. Shoniyozovning fikricha, 18-a. da shu qishloqda Boshqirdlar yashaganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x