BOSHQARILADIGAN KAPITALIZM NAZARIYASI

BOSHQARILADIGAN KAPITALIZM NAZARIYASI — iqtisodiyotni, jumladan kapitalistik xoʻjalik yuritish tizimini davlat yoʻli b-n boshqarishni asoslaydigan nazariya. 1929—33 y. larda AQSHda roʻy bergan Buyuk tanglik — iqtisodiy inqiroz va kapitalizmning aralash iqtisodiyotga oʻsib oʻtishi jarayoni Boshqariladigan kapitalizm nazariyasini vujudga keltirdi. Bu nazariyaning asoschisi ingliz iqtisodchisi J. M. Keyns hisoblanadi (q. Keynschilik).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x