DO`STLARGA ULASHING:
Turli mamlakatlarda oʻtkazilgan tajribalarga koʻra, quyoshda qoldirilgan avtomobning old paneli 70 darjagacha qizib ketishi, salon harorati esa 55 darajagacha qizishi mumkin ekan. Tonirovka qilingan avtomobillarda salon qizishi 5-10% kamroq boʻlar ekan.
O’zbekistonda avtotransport vositalari orqa yon oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma olish uchun to‘lov stavkalari jismoniy shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari (1 225 000 so‘m), yuridik shaxslar uchun BHM’ning 10 baravari (2 450 000 so‘m). Shuningdek, orqa va old yon oynalar tusini o‘zgartirish jismoniy va yuridik shaxslar uchun BHM’ning 50 baravarini (12 250 000 so‘m) tashkil etadi va bu summa oylik maoshga ishlaydigan O’zbekistonliklar uchun ancha og’irlik qiladi.
Tojikistonda 2005-yilda va undan keyin ishlab chiqarilgan avtomobil oynalarini qoraytirishga ruxsatnomani 3 ming somoniy ($263,20)ga olish mumkin, 2004-yilgacha bo’lgan avtomobillar egalari esa 2 ming 720 somoniy($238,68) to’lashlari kerak.
Qirg’izistonda bu summa taxminan $200 atrofida.
Moldovada orqa oynalarni mutlaqo tekinga xohlagancha qoraytirishi mumkin, ammo old oynalarning shaffofligi talablarini buzganlik uchun siz $115 gacha to’lashingiz kerak bo’ladi.
Qozog’istonda old oynalarni qoraytirish taqiqlanadi, orqa oynalarda esa qoraytiruvchi jalyuzi va pardalar bo’lishi mumkin. Standartlarga rioya qilmaslik $35 bilan jazolanadi.
Postsovetning qolgan respublikalarida, qoraytirish uchun majburiy davlat bojlari olinmaydi. Evropa Ittifoqi mamlakatlarida ham huddi shunday holat.
Ba’zida mamlakatlar mavsumiy cheklovlarni o’rnatadilar — masalan, Ozarbayjonda oynalari qoraytirilgan holda haydash faqat may oyining boshidan noyabr oyining o’rtalariga qadar mumkin. Tusi buzilgan mashinani noto’g’ri vaqtda haydash uchun jarima miqdori $80.
Belorussiyada faqat avtoulov oynalarini zavodni ozida qoraytirishga ruxsat beriladi — tonirovkani o’zingiz yopishtira olmaysiz. Bunday qoidabuzarlik uchun jarima miqdori $250 gacha.