BOSHPANA HUQUQI

BOSHPANA HUQUQI — hoz xalqaro va davlat ichki huquqiga oid tushuncha. Xalqaro huquqda Boshpana huquqi asosiy xalqarohuquqiy odatlarga, shuningdek Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyam 1967-y. 4 dek. da kabul qilgan Hududiy boshpana toʻgʻrisidagi deklaratsiyam binoan amalga oshiriladi. Davlat ichki huquqida Boshpana huquqi hoz. demokratax davlatlarning konstitutsiya va qonunlariga koʻra, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga beriladigan alohida shaxsiy huquq. Ajnabiy oʻz vatanida siyosiy, diniy, ilmiy va b. shunga oʻxshash asoslar boʻyicha taʼqibga uchragan taqdirda Boshpana huquqi unga boshqa davlat hududida, nomaʼlum uzoq vaqt qolish imkoni tugʻilgan paytda beriladi. Boshpana huquqi harbiy jinoyatchilar va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etgan aybdor shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Siyosiy boshpana ajnabiyga oʻz-oʻzidan fuqarolik berilishini bildirmaydi. Davlat ushbu shaxsga boshpana berish bilan uni taʼqib etgan davlat qoʻliga topshirmaslik majburiyatini zimmasiga oladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x