BORODIN Sergey Petrovich

BORODIN Sergey Petrovich [1902. 25.9 (8) , Moskva—1974. 22.6, Toshkent) — rus yozuvchisi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1973). 1941-y. gacha Amir Sargijon taxallusi bilan ijod qilgan. V. Ya. Bryusov nomidagi adabiyot in-tini tugatib (1926), xalq ogʻzaki ijodi bilan shugʻullangan. Buxoro, Samarqandga uyushtirilgan folkloretnografiya ekspeditsiyalarida qatnashgan (1923 — 26). 1950-y. dan Toshkentda. «Soʻnggi Buxoro» (1931), «Misrlik» (1932) romanlari va «Usta qushchi» hikoyalar toʻplami (1934) Oʻrta Osiyo xalklari hayotiga bagʻishlangan. «Samarqand osmonida yulduzlar» turkumidagi (1953 — 73) asarlarida ham Oʻrta Osiyo xalqlarining 14-a. oxiri — 15-a. boshlaridagi hayoti aks ettirilgan. Biroq ularda baʼzi tarixiy shaxslar obrazi soxtalashtirilib, bir yoqlamalikka yoʻl qoʻyilgan. Tarixiy roman — «Dmitriy Donskoy» (1941) muallifi. Borodinning ayrim asarlari uzbek tilida nashr etilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1968).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x