BORNIT

BORNIT (nemis mineralogi I. Born nomi bilan atalgan) — mineral. Kimyoviy formulasi Cu3FeS4. Yuqori va past haroratli xili bor. Singoniyasi kub (yuqori haroratli Bornit) va tetragonal (past haroratli Bornit). Yaxlit zich holatda koʻpincha shaklsiz donachalar shaklida uchraydi. Rangi qizgʻishkoʻngʻir, qoʻngʻirsariq. Oksidlanganda havorang, koʻk rangga oʻtadi. Tarkibida 52—65% mis va 8—12 % temir boʻladi. Metallsimon yaltiraydi. Kdggikligi 3. S ogʻ. 4,9— 5,1. Elektr tokini yaxshi oʻtkazadi. Bornit gidrotermal yertomirlarida, galenit, sfalerit, xalkozin piritlar bilan birga uchraydi. Oksidlanish natijasida Bornitdan malaxit, azurit, kuprit va b. minerallar hosil boʻladi. Ural, Jan. Kavkaz, Qozogʻiston, Oʻzbekistonda Qurama (Qalmoqqir), Hisor togʻlaridagi mis konlarida, chet elda Germaniya (Mansfeld), AQSH (Byuti) va Jan. gʻarbiy Afrikada topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x