BORLIQ

BORLIQobyektiv mavjud reallikni ifodalovchi falsafiy tushuncha. U moddiypredmet olamidangina iborat emas. Borliq turli darajada namoyon boʻladi: organik va noorganik tabiat, biosfera, ijtimoiy Borliq, obyektivideal Borliq (madaniy qadriyatlar, ilmiy bilimning umumiy prinsiplari, tushunchalari va h. k.), inson turmushi. Borliq falsafa tarixida turlicha talqin qilingan. Yaqin va Oʻrta Sharq falsafasida Kindiy, Forobiy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Ibn Rushd kabi mutafakkirlar Borliqni ikkiga — vujudi mumkin va vujudi vojibga boʻladilar. Ularning falsafasida Borliqning dastlabki sababchisi Alloh (vujudi vojib), lekin Alloh bilan Borliqni bir-biridan ajratib tasavvur qilib boʻlmaydi, bular sababoqibat shaklida bir-birlari bilan uzviy bogʻliq, degan tushuncha yotadi.

Real va xayoliy Borliq oʻrtasida alohida tafovut bor. Real Borliq mavjudlikni, xayoliy Borliq mohiyatni belgilaydi. Real Borliq narsalar, jarayonlar, shaxslar, xattiharakatlar va b. ning realligini bildiradi; u makon va zamon xarakteriga ega, u alohida, betakror. Xayoliy Borliq (gʻoya maʼnosida) vaqtinchalik, haqiqiy, tajribaviy xarakteridan mahrum, u fakt boʻla olmaydi; u qatʼiy oʻzgarmas (qotib qojan), abadiy mavjud (N. Gartman). Xayoliy Borliq bu maʼnoda qadriyat, gʻoya, matematik va mantiqiy tushuncha sifatida yuzaga chiqadi. Platon unda chin, xususiy «real» B. ni koʻradi. Umumiy maʼnodagi Borliqdan muayyan Borliq farq qiladi. Geraklit fikricha, hech qanday qotib qolgan Borliq yoʻq, doimo oʻzgaruvchan Borliq bor. Metafiziklar «haqiqiy» B. transsendent, narsa oʻzidadir deb biladilar. Barcha mavjud narsalarning yigʻindisini, umuman olamni Borliq deb ataydilar. J. Berkli, D. Yum B. faqat subyektda, ongdagina mavjud deb biladilar. Baʼzi faylasuflar Borliqni qandaydir dunyoviy ruhning, gʻayri moddiy kuchning koʻrinishlaridan iborat, deb hisoblaydilar. Xususan Gegel falsafasida Borliq mutlaq gʻoyaning oʻzligidan, mavhumlikdan konkretlikka tomon yuksalib boruvchi dastlabki, bevosita va juda noaniq bosqichi hisoblanadi. Borliqni ruhmahsuli sifatida qarash 19-a. oxiri — 20-a. boshidagi falsafaga ham xos. L. Feyerbax, A. I. Gersen, N. G. Chernыshevskiy Borliq obyektiv, u harakatdagi materiya bilan bogʻliq deb taʼkidlaydilar. Baʼzi falsafiy oqimlar mavjud olamning realligini, B. ning obyektivligini eʼtirof etadilar. Borliqning eng muhim xususiyati — moddiyligida ekanligini alohida taʼkidlaydilar. Hoz. zamon ontologiyasiga koʻra, B. — barcha mavjudotning turlituman koʻrinishlari b-n aynandir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x