BONUS

BONUS (lot. bonus — yaxshi, marhamatli) — sotuvchi va xaridor oʻrtasida alohida kelishuv yoki sotish shartnomasiga asosan sotuvchi tomonidan xaridorga beriladigan yengillik; odatdagi toʻlanadigan maoshga qoʻshimcha mukofot; narxning oʻsishi munosabati b-n asosiy ish haqiga qoʻshilgan qoʻshima haq; tovarning sifati uchun qoʻshimcha mukofot; aksiyalar shaklidagi qoʻshimcha toʻlovlar; koʻrsatilgan vositachilik xizmati uchun toʻlanadigan qoʻshimcha haq ham Bonus deb yuritiladi. Amaliyotda tovar vositachi (komissioner) ixtiyoridan tashqari sotilmay qolsa, unga xarajatlarini qoplash uchun Bonus toʻlanadi va uning miqdori kelishuvga asosan belgilanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x