BOMBA

BOMBA (lot. bombus — shovqin) — 1) artilleriya snaryadining eski nomi. Silliq stvolli artilleriyada ichi boʻsh sferik choʻyan korpusdan, qora porox zaryadidan va porox tarkibi zichlab tiqilgan yogʻoch naychadan iborat snaryadlar B. yoki granatalar deb atalgan. Bombaning zaryadi naychadagi modda yongandan keyin portlaydi. 19-a. dan boshlab rus armiyasida bir pud (16 kg) dan ortiq snaryadlar Bomba deb atalgan, 122 mm li tuplarning snaryadi ham 20-a. 30yillarigacha Bomba deyilgan;

2) 1-jahon urushida ishlatilgan bomba irgʻitkichning portlab parchalanadigan snaryadi;

3) poroxning stvol ichidagi gaz kuchi va t-rasini ulchash uchun ishlatiladigan asbob;

4) aviatsiya bombasi (qanotli snaryadlar deb atash rasm bulgan);

5) suv osti kemalarini portlatish uchun moʻljallangan snaryad; 6) atom bombasi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x