BOLONYA

BOLONYA — Shim. Italiyadagi shahar, Emiliya-Romanya viloyati va Bolonya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Shim. Apennin togʻlari etagida, Reno daryosi boʻyida, Po daryosi b-n kanal orqali bogʻlangan. Aholisi 404 ming kishi (1995). Mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Yirik transport yoʻllari tuguni. Q. x. mahsulotlarini qayta ishlaydigan, oziqovqat, priborsozlik, traktorsozlik, poligrafiya, elektrotexnika, qora metallurgiya sanoati rivojlangan. Gidroturbina, t. y. uskunalari, oziq-ovqat va kimyo sanoatlari uchun mashinalar, oʻgʻit, keramika va poyabzal ishlab chiqaradigan korxonalar bor. Yevropadagi eng qad. unt (11-a.), muhandis, veterinariya, savdo intlari, Badiiy akademiya va badiiy litseylar, muzeylar mavjud. Shahar mil. av. 6-a. oxirlarida etrusklarning yirik shahri sifatida tashkil topgan. Oʻrta asrlarda oʻzining huquq maktablari bilan nom chiqargan. 1861-y. dan Italiya qirolligi tarkibida. Bolonya markazida meʼmoriy yodgorliklarga boy Viktor Emmanuil maydoni bor: SanStefano roman cherkovi majmuasi (11—13-a. lar), uyminoralar (11—12a. lar), gotika palassosi (13 — 15-a. lar), SanPetronio cherkovi (14 — 17-a. lar), barokko va renessans uslubidagi hashamatli saroylar (15-a.) va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x