Bolalarning yoshi orasidagi farq qancha bo’lishi kerak, muvofiq yosh bormi?

Bolalarning yoshi orasidagi farq qancha bo'lishi kerak, muvofiq yosh bormi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Birinchi farzandingiz biroz katta bo‘lgach, qarindoshlar va tanishlar qiziqa boshlashadi, “qachon ikkinchisiga harakat qilasizlar?” — deb. Siz uchun yoshdagi farq qanday bo‘lgani yaxshiroq ekanligini aniqlab olamiz.

Uch yoshdan kam

Yaxshi tomonlari: birmuncha erkinlikdan keskin ravishda yangi dekretga o‘tilmaydi – demak, ota-onalar uchun ko‘p jihatdan moslashish osonroq. Agar o‘rtadagi farq uch yoshdan kam bo‘lsa, kiyim-kechaklarga xarajat kamroq bo‘ladi – kattasining ko‘pchilik kiyimlari kichkinasiga to‘g‘ri keladi, o‘yinchoqlar va kitoblarni esa umumiy sotib olish mumkin. Bolalar katta bo‘lgandan keyin bir-biri bilan yaxshi o‘ynaydilar.
Nyuanslari: birinchi yillar buvilarining yordamisiz ancha qiyin bo‘ladi – chunki bolalar doimiy e’tibor talab qilishadi. Bundan tashqari, ona organizmi birinchi tug‘ishdan keyin qayta tiklanishga ulgurmagan bo‘lishi ham mumkin, bu esa umumiy ahvolida namoyon bo‘ladi. Ruhiy tomondan olib qaralganda, bolalar orasida ko‘pincha ancha kuchli raqobat paydo bo‘ladi.

5 dan 7 yoshgacha

Birinchi sinf – bola uchun muhim va mas’uliyatli davr. Ota-onalar esa bu vaqtda o‘z jadvallarini boshqatdan ko‘rib chiqishlariga to‘g‘ri keladi, chunki maktab kechgacha ishlamaydi. Aynan shuning uchun ko‘pchilik ikkinchi dekretni birinchi farzandining maktabga chiqish paytiga to‘g‘rilaydilar.
Yaxshi tomonlari: ona ishlashga ulguradi va ikkinchi bola tug‘ilguncha ruhiy jihatdan biroz bo‘lsa-da, dam oladi. Bundan tashqari, ayol organizmi navbatdagi homiladorlik uchun tiklanishga ulguradi. Orasidagi farq besh yoshdan ortiq bo‘lgan bolalar bilan unchalik qiyin bo‘lmaydi – kattasi o‘z-o‘zini eplay oladi, yana onasiga ham yordam beradi.
Nyuanslari: birmuncha erkin bo‘lgan grafikni yangi dekretga o‘zgartirish ruhiy jihatdan ancha qiyin. Yana bir murakkab tomoni – kattasining kichkinasiga bo‘lgan rashki. Jazavaga tushishlar, urush-janjal, ko‘z yoshlari – onaning muntazam ravishda rashk xurujini bosishiga to‘g‘ri keladi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x