Bolalarda tish chishi davri

Bolada tish chiqishi asosan 6 oydan boshlanib, 2.5-3 yoshiga qadar ma’lum bir tartibda barchasi chiqib bo’ladi. 

️Lekin bu muddat va tartib bolaning ovqatlanishi, genetik rivojlanishi va boshqa sabablar tufayli har xil bo’lishi mumkin. Har bir bola individual. 

Agar oldin tish chiqishining kechikishi raxit belgisi deb ta’kidlangan bo’lsa, hozirgi kunga kelib, jismonan sog’lom bolada ham tish chiqishi normadan kechikishi yoki oldinroq bo’lishi mumkin ekanligi aniqlandi. Tish chiqish jarayoni ayrim bolalarda muammolar keltirib chiqarishi mumkin.

Ota-onalar quyidagi holatlarga alohida ahamiyat bermoqlari lozim:

— Tish chiqishi jadvaldagi muddatlardan 2-3 oyga kechikishi;

— Tishning jadvaldagi muddatdan 2-3 oy oldin chiqishi;

— Tish chiqish tartibining buzulishi;

— Tish chiqishi milkdagi tishlar qatoridan bo’lmasligi;

— Tishning noto’g’ri shakllanishi;

— Tug’ilishdan oldin tish chiqishi.

Yuqoridagi holatlar kasallik holati emas, lekin bola organizmida ma’lum patologik jarayon mavjudligidan dalolat beradi.
Tish chiqayotganda,ko’p so’lak oqishini, bola tajang bo’lishini, og’ziga qo’lini yoki o’yinchoqlarni solib yurishini, ishtaha yo’qligini, uyqusi buzulishini kuzatishimiz mumkin.

Bola tishi chiqayotganda uning qiynalishini qanday yengillashtirish mumkin:

1. Tishi chiqayotgan paytda bolaga ikki barobar ko’proq mehr va e’tibor;

2. Rezinali, plastmassali bola tishlab yuradigan va tish chiqishini 
osonlashtiruvchi maxsus o’yinchoqlar (bolada og’riq juda sezilarli bo’lsa, bu o’yinchoqni berishdan oldin muzlatgichda sovutib bersangiz, og’riqni ham oladi);

3. Onaning toza qo’llarini doka bilan o’rab bola milklarini asta-asta massaj qilish (doka muzdek bo’lsa ham yaxshi);

4. Pediatr belgilagan og’riqni bosuvchi dori;

5. Tish og’rig’ini sezdirmaydigan maxsus gellar.

(ayrim bolalarda bunday gellar tish chiqish jarayonini sekinlashtirib qo’yishi mumkin).

Tish chiqishi alomatlar

Bolaning tishi chiqayotganda quyidagi alomatlar yuzaga kelishi mumkin, lekin shart emas:

1. Bolaning milki shishib qoladi;

2. Bolaning milki oqsih rangga bo’yaladi;

3. Ko’p so’lak oqadi;

4. Bola hamma narsani og’ziga olib chaynashni istaydi;

5. Tana harorati oshadi ( ko’pi bilan 37-38 gradusgacha);

6. Bola injiqroq bo’lib qoladi;

7. Bolaning uyqusi buziladi yoki uyqu rejimi o’zgaradi;

8. Bola ona ko’kragini yoki qo’lini tishlashni xohlaydi;

9. Bolaning ishtahasi yo’qoladi;

10. Bolaning najasi suyuqlashadi, ichi ketadi.

Yuqoridagi alomatlarni ayrim kasalliklar alomatlari bilan adashtirib yubormang.
 Masalan, bolaning tana harorati oshib, bola yo’talib, burni oqayotgan bo’lsa, u holda bola shamollaganbo’lishi mumkin. Yoki bolaning ichi ketishi kuchayib borib, unga qusish ham qo’shilib ketsa, demak bola infektsion kasallikka uchragan, uni darhol davolash lozim.

Onaning o’zi bolasi uchun birinchi shifokor. Shuning uchun yuqoridagi alomatlarni bolada kuzatsangiz va ular kasallik emasligiga shubhalanayotgan bo’lsangiz, u holda vrachga murojaat qilganingiz ma’qul.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x