Bolalar dori vositlarini qo’llash tartibi

Bolalar dori vositlarini qo'llash tartibi

11.10.2019
1 531
0
Ummu Aisha

Salomatlik / Ona va bola

Kichik yoshdagi bolalarning dori vositalariga reaktsiya qilishi ko’p uchraydigan holat. Hatto BAD vositalari, ba’zi o’t damlamalar va ba’zi vitaminlar ham bola organizmiga ziyon keltirishi mumkin. Quyida keltirilgan 9 dori vositasini 2 yoshgacha bo’lgan bolalarga berish mumkin emas.
ASPIRIN 
Hech qachon aspirin yoki tarkibida aspirin moddasi bor dorini 19 yoshgacha bo’lgan bolaga bermang! Kichik yoshdagi bolaga Aspirin juda xavfli Ree sindromini keltirishi mumkin. Bu juda kam tarqalgan holat bo’lishiga qaramay, ehtiyot bo’lish talab etiladi. Dorixonada sotiladigan bolalar dorilari tarkibida ham aspirin (atsetilsaletilovaya kislota) yo’qligiga amin bo’lish kerak. Hatto ibuprofen va atsetomenofen kabi istma tushuruvchi vositalarni ham astma, buyrak va jigar kasalliklari mavjud bolalarga berish ehtiyotkorlikni talab qiladi. 
BAD va o’t siroplari
Dorixonalarda ko’payib ketgan BAD va o’t siroplarining ham bolaga foydasi aniqlanmagan. Lekin bola oshqozoniga ziyon keltirishi ehtimoli bor. Undan tashqari BAD’ning mazasi bolaga yoqishi ko’pincha ichilishi kerak bo’lgan dozadan oshirib ketilishiga olib keladi. Bunda qattiq zaharlanish yuz berishi mumkin.
Ko’ngil aynash va qusishga qarshi vositalar.
Bolaning ko’ngli aynab qusayotgan bo’lsa, aslo qusishga qarshi vositalarni ichirmaslik kerak. Oddiy oshqozon faoliyati biroz buzilishi tufayli ko’ngli aynab qusayotgan bo’lsa, organizm kuchi bilan bola tez o’ziga keladi. Agar qusish yoki ko’ngli aynashining sababi jiddiy bo’lsa, u holda qusishga qarshi dori vositalari vaziyatni jiddiylashtirib yuboradi. Bola ko’p qusib suvsizlanayotgan bo’lsa, darhol shifoxonaga borish zarur.
Yoshiga yarasha dori.
Bolaga berilayotgan dori vositasi aynan uning yoshiga mo’ljallangan holda va dozada bo’lishi shart. Chaqaloqlarning dorisini 2 yoshlik bolaga ko’proq qilib berish yoki kattalarning dorisini 2 yoshlik bolaga kamaytirib berish o’ta xavfli. Har bir yosh uchun mo’ljallangan dori vosita o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. Bu xususiyatlar aynan belgilangan organizm uchun mo’ljallangan bo’ladi. Agar dorining yo’riqnomasida bolaning yoshi va og’irligiga nisbatan doza ko’rsatilmagan bo’lsa, uni bolaga berish mumkin emas.
Kasalligiga yarasha dori.
Bolaning aynan o’ziga tavsiya qilingan dorini ichirish kerak. Misol uchun, boshqa oila a’zosi yo’taldan bir dori ichib tuzalgan bo’lsa, bolaga ham shu dori yo’taliga yordam beradi deb berish o’ta xavfli. Har bir inson organizmi har xil, shuning uchun hech qachon birovga yozilgan dorini boshqasiga berish mumkin emas.
Kasalligiga yarasha dori.
Bolaning aynan o’ziga tavsiya qilingan dorini ichirish kerak. Misol uchun, boshqa oila a’zosi yo’taldan bir dori ichib tuzalgan bo’lsa, bolaga ham shu dori yo’taliga yordam beradi deb berish o’ta xavfli. Har bir inson organizmi har xil, shuning uchun hech qachon birovga yozilgan dorini boshqasiga berish mumkin emas.
Qo’shimcha atsetomenofen.
Atsetomenofen va ibuprofen istma tushuruvchi sirop va tabletkalar tarkibidagi eng asosiy moddadir. U bolaning tana harorati oshganda ko’p qo’llaniladi. Lekin ushbu dorilarni belgilangan dozadan oshirib berish mumkin emas. Ba’zi dorilar tarkibida oz miqdorda atsetomenofen va ibuprofen bo’ladi. Betob bolaga tana haroratini tushuruvchi dorilarni berishdan oldin ular bola ichayotgan boshqa dorilar tarkibida ham yo’qligida amin bo’lish kerak.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x