Bo‘lajak onada allergiya bo‘lsa…

Eshak yemi

Yangi selderey ildizidan siqilgan sharbatni bir kunda 3 marta taomlanishdan yarim soat oldin, to tuzalguningizcha qabul qiling.

Dermatit

dermatit

Dermatit yuzaga kelgan teri sohasiga eman ildizidan kompress qiling yoki teri yuzasini yuving. Na’matak damlamasidan kompress qilish ham yaxshi natija beradi.

Ekzema

Olma sirkasiga paxtani ozgina namlang-da, ekzema ustidan surting. Yoki bir bo‘lak karamni qaynoq suvda yumshatib zararlangan joyga qo‘ying.

Kimyoviy tozalash vositalariga allergiya

1 st iliq suvga bir osh qoshiq iste’mol sodasidan soling-da, 15 daqiqa qo‘llaringizni aralashmaga solib turing. Keyin qo‘llarni qurutib, iliq zaytun yog‘idan surtib qo‘ying. Muolajani bir kunda bir marta takrorlash kifoya.

Teri qichishishi

Yangi siqilgan kartoshka sharbatidan bir kunda ikki marta 2-3 osh qoshiqdan 1 oy davomida iching.

Diqqat!

Ushbu muolajalarni shifokor bilan maslahatlashgan holda bajaring.

Homilador ayollar uchun maxsus «Homiladorlik» rukni ostida foydali maqolalar e’lon qilinmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x