BOKSITLAR

BOKSITLAR (frans. bauxite, Jan. Fransiyada dastlab Boksitlar katlamlari topilgan LeBo joy nomidan) — alyuminiy rudalari. Asosan alyuminiy gidroksidi (28—80%), temir oksidi va b. komponentlar aralashmasidan iborat. Boksitlarning asosiy kimyoviy komponenti glinozyom (A12O3), doimiy tarkibiy qismi temir oksidi (Fe2O3). Rangi toʻq kizil, jigarrang, kulrang. S. of. 1,8 — 3,1; qattiqligi tarkibidagi temir oksidiga qarab 3—6. B. tuzilishiga kura qattiq, jipslashgan va baʼzan uvalanuvchan boʻladi. Boksitlar konlari asosan nordon, ishqorli va asosli jinslarning lateritlm nurashidan yoki dengiz va koʻllarda glinozyomning koʻp toʻplanishidan paydo boʻladi. Boksitlar mineralogik tarkibiga qarab 2 turga boʻlinadi:

1) diasporbyomitli Boksitlar,

2) gidrargillitli ( gibbsitli) B. Birinchisi koʻproq geosinklinal konlarida, ikkinchisi platforma konlarida uchraydi. Boksitlar — alyuminiy olinadigan xom ashyo, shuningdek undan boʻyoq, abraziv va oʻtga chidamli materiallar olinadi. Boksitlar foydalanishga yarokli boʻlishi uchun tarkibidagi glinozyomning kremniy oksidiga nisbati 2,6 baravar ortiq, glinozyom esa 28% dan kam boʻlmasligi kerak. Boksitlar konlari Ukraina (Krivoy Rog) da, RF (Ural, Sibir), Qozogʻistonda bor. Bu konlarda mayda korund zarrachalari uchrab turadi. Oʻzbekistonda Boksitlar va uning oʻzgarishi natijasida paydo boʻlgan korund katlamlari Shim. Fargʻona, ChatqolQurama va Nurota togʻlarida, Qizilqumdagi Tomdi togʻida topilgan. Xorijda asosan Avstraliya, Yamayka, Surinam, Gayana mamlakatlarida koʻplab qazib chiqariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x