Bojalar guruhi — Onajonim (2011)

Onam – boshimda parvonam,
Mani yagonam, onajonim.
Doim biz uchun kuygan,
Jonidan suygan onajonim.

Bizni deb yuzlari so`lgan onam,
Otam o`rniga ham ota bo`lgan onam.
Bizni deb yuzlari so`lgan onam, onam,
Otam o`rniga ham ota bo`lgan onam.

Ko`rdim, onalar bor azob chekar bolasidan,
Restoranma-restoran yurgan ko`z qorasidan.
Yuragim og`rir ko`rsam, onalarning
Alam-qayg`u, nolasidan, nolasidan.

Otang yoningda bo`lsa, baxting shudir,
Yo`q bo`lsa, roziligin onangdan qidir.
Deydilar: “Onalar poyida jannat”,
Izlarin ko`zingga sur, poyini supur,
Poyini supur.

Bizni deb yuzlari so`lgan onam,
Otam o`rniga ham ota bo`lgan onam.
Bizni deb yuzlari so`lgan onam, onam,
Otam o`rniga ham ota bo`lgan onam.

Ko`rdim, onalar bor azob chekar bolasidan,
Restoranma-restoran yurgan ko`z qorasidan.
Yuragim og`rir ko`rsam, onalarning
Alam-qayg`u, nolasidan, nolasidan.

Ona farzandiga dardin aytmas hech,
Ko`ngliga bog` top, dardin chigilni yech. (x2)
Issiq, sovug`idan har on xabar ol, do`stim, {x2}
O`z bolangdan qaytganida bari bo`lar kech. {x2}

Bizni deb yuzlari so`lgan onam,
Otam o`rniga ham ota bo`lgan onam.
Bizni deb yuzlari so`lgan onam, onam,
Otam o`rniga ham ota bo`lgan onam.

Ko`rdim, onalar bor azob chekar bolasidan,
Restoranma-restoran yurgan ko`z qorasidan.
Yuragim og`rir ko`rsam, onalarning
Alam-qayg`u, nolasidan, nolasidan.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x