Bojalar guruhi — Aytishuv

[Bojalar guruhi]
Bu gulshan soz ekan, soz-ey,
Ustiga soz etgani keldik.
Agar “Asrlar sadosi” yoqib qolsa,
Biron hafta yotgani keldik.

[Dilmurod baxshi]
Osmon yori oyidan,
Har kim o`z so`z kuyidan,
To`rt og`iz ta’rif aylayin,
To`ydan kelin oyidan.

Kelinoy, kelinoy deyishdi,
Zulfin shamol eshadi.
Yanoqlaridan jiyagi
Kavush betiga tushadi.
O`shanday bo`lgan kelinni
Qachon menga qo`shadi, hoy yor-ay?

[Bojalar guruhi]
“Go, go, go, поехали…”
“Welcome”, “добро пожаловать”, marhamat,
Mana sizga Toshkentdan “свежий аромат”.
Tuproqqal’a sahnasida yonimda baxshi,
Qoraqalpoq “нам нравиться это” yaxshi.

“Asrlar sadosida” o`g`il va qizlar,
“Скажем мы вам:” o`, xush kelibsizlar.
Biz o`zbek yoshlari, kutar bizni kelajak,
Bu kelajak albatta o`z mevasini berajak.
“Отвечаю давай” baxshi!

[Dilmurod baxshi]
Qanimi, manimi, ko`rdingmi manimi?
Shoshmay turgin, hoy-hoy. (x2)

[Bojalar guruhi]
Chori chambar, biri anbar,
Ona qiz qayda? Ona qiz tog`da.
Chumchuq jo`xorini yeb ketdi,
Ertaga kelaman deb ketdi.
Katta ko`chaga chiqqanda
Gazni bosib surib ketdi.

Ovchi chiqdi o`rmondan,
Pichoq oldi karmondan. (x2)
Yo o`lasan yo qolasan,
Kim bilan do`st bo`lasan?

[Dilmurod baxshi]
Biz o`zbek yoshlarimiz,
Biz tinchlik qo`rg`onimiz.
Bizlar O`zbekistonning
Kelajak avlodimiz-ey, avlodimiz, avlodimiz…

[Bojalar guruhi]
Sust xotin, suzma xotin,
Ko`lankasi maydon xotin. (x2)
Yomg`ir yog`di, xo`l bo`ldi,
Yeru jahon mo`l bo`ldi. (x2)

Oq terakmi, ko`k terak,
Bizdan sizga kim kerak? (x2)
Non yopganda, non yopganda
Mening oyim. (sening oying) (x2)

Sust xotin, suzma xotin,
(Bizdan sizga kim kerak?) (x2)
Olmacha anoringga balli,
Donai xolingga bali. (x2)

Jo`ra, Jo`ra, Jo`ravoy,
Mashinasi “грузовой”.
Toqqa chiqsa o`tin yo`q,
Uyga kelsa xotin yo`q.

[Dilmurod baxshi]
Hoy yor-ay, hay-hay, hay-hay, hay…

[Bojalar guruhi]
Tug`ilg`an makanim, Toshkent qal’asi,
Sho`x-sho`x jigitleri bar, qo`linda sazi.
Qizleri go`zal, ajayib nazli,
Keling do`slar Qaraqalpaqqa. (x2)

Tupraqqal’a dalasini aylanaman-ey,
Miymanlari barmikan deb o`ylanaman-ey.
Miymando`st deb atalg`an Qaraqalpag`im,
O` Qaraqalpaq – dili appaq. (x2)

Asrlar sadosi…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x