Bojalar guruhi — Ayrildim

Yolg`izman ozor chekib,
Toza gulzordan ayrildim.
Ko`zdan qonli yosh to`kib,
Ul sevar yordan ayrildim.

Telba ko`nglim orzumoni,
Barcha go`zallarning xoni,
Sakkiz jannatning bo`stoni,
Ul sevar yordan ayrildim.

Yolg`iz qoldim men, yolg`iz qoldim,
Yorimdan ayrilib qoldim.
Yolg`iz qoldim, yolg`iz qoldim,
Ul sevar yordan ayrildim.

Ayrildim g`uncha gulimdan,
Xush ovozli bulbulimdan.
Qora sochli sumbulimdan,
Ul sevar yordan ayrildim.

Telba ko`nglim orzumoni,
Barcha go`zallarning xoni,
Sakkiz jannatning bo`stoni,
Ul sevar yordan ayrildim, ayrildim.

Yolg`iz qoldim men, yolg`iz qoldim,
Yorimdan ayrilib qoldim.
Yolg`iz qoldim, yolg`iz qoldim,
Ul sevar yordan ayrildim. (x1+x2)

Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O’serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x