BOG‘DORCHILIK, UZUMCHILIK VA LIMONCHILIK UCHUN KRЕDIT BЕRILADI.
📃O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.12.2021 yildagi PQ-55-son «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, 2022 yil davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida, bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.
❗️Kreditlar kimlarga beriladi ?
👉 Aholi va tadbirkorlarga
❗️Qanday shartlarda ?
👉 14 foizli stavkada, 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga ajratiladi.
❗️Qayerdan beriladi ?
👉 Kreditlar «Agrobank», «Xalq banki» va «Mikrokreditbank» tomonidan beriladi.
❗️Kayerga borish kerak ?
👉 Kreditlar har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyasi asosida beriladi. Demak, kredit olish uchun avvalo hokim yordamchisiga murojaat qilish kerak.