BOGDO-OʻLA

BOGDO-OʻLA, — Xitoydagi togʻ tizmasi, Sharqiy Tyanshanda. Bal. 5445 m gacha (BogdoOʻla togʻi). Kenglik yoʻnalishida qariyb 300 km ga choʻzilgan, shim. da Turfon botigi, jan. da Jungʻoriya tekisligini oʻrab turadi. Asosan kembriydan oldingi va paleozoy davrlari jinslaridan tuzilgan. Yon bagʻirlari tik, doimiy qor va muzliklar bor. Landshaft mintaqalari: quyi mintaqachoʻl va dasht, 1700—2900 m balandlikda — oʻtloqlar va ignabargli oʻrmonlar, 2900—3700 m balandda — butalar, alp oʻtloqlari va nival mintaqa.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x