BOGDANOV Nikolay Dmitriyevich

BOGDANOV Nikolay Dmitriyevich (1920.27.4, Dnepropetrovsk viloyati Lyubimovka qishlogʻi — 1945.31.1, Lvov) — 2-jahon urushi qatnashchisi. Toshkentda chizmachi boʻlib ishlagan. 1941-y. iyuldan frontda. 34gvardiyachi artilleriya polkida divizion komandir boʻlgan. Bogdanov 1943-y. 12—14 sent. dagi janglarda oʻz artilleriyasi bilan oʻqchi qismlari tomonidan dushmanning Komarovka va Yevlashovka qishloqlaridagi tayanch punktlarini egallashlarida yordam bergan. 1943-y. 16 okt. da Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x