BOGʻI BOBUR

BOGʻI BOBURKobul sh. da Bobur barpo etgan bogʻ (1515—20). Bogʻi Bobur shaharning Sherdarvoza tepaligi yon bagʻridagi bir necha ga maydonni egallagan nihoyatda xushmanzara, obod, shahar aholisining oromgoh va ziyoratgoh joyi. Har yili 21 mart (Navroʻz kuni) da koʻchat oʻtqazish marosimi shu bogdan boshlanadi. Bogʻda Bobur makbarasi, uning yonida Boburning kichik oʻgʻli Hindol, nevaralari: Ruqiya Sulton begim, Hakim Mirzo va b. avlodlarining qabrlari joylashgan. Bogʻ ichida oq marmardan ishlangan kichik masjid, maktab, jismoniy mashq maydonchalari, hovuz, obod choyxona va supalar bor. Mevali daraxtlar va gullar hamda Bobur davridan qolgan azim chinorlar bogʻning koʻrki. Bogʻi Boburning atrofi kungurador devor bilan qurshalgan. Bobur Bogʻi Boburdan tashqari Afgʻoniston va Hindistonda Oʻrta Osiyo anʼanalari asosida oʻnlab bogʻlar bunyod etgan (Bogʻi Kalon, Bogʻi Vafo, Zarafshon bogʻ, Dilorom bogʻ, Orom bogʻ va b.). Bu bogʻlardagi ariqlar tekis va toʻgʻri olinib, daraxtlar tartib bilan oʻtqazilgan. Gullar ekilib, atrofiga mayda rangdor toshlar terilgan. Hindiston va Afgʻonistonda boʻlmagan oʻsimlik va daraxtlar Movarounnahrdan olib borilgan. Afgʻonistonda uzoq yillar davomida boʻlayotgan fuqarolar urushi tufayli Bogʻi Boburga birmuncha zarar yetdi.

Andijon sh. ning jan. sharqida — Bogʻishamolda Bogʻi Boburning ramziy shaklida maxsus bogʻ bunyod etildi. Ushbu bogʻ ham Kobul sh. dagi bogʻga taqlidan Bogʻi Bobur deb yuritiladi (q. Bobur milliy bogʻi majmuasi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x