BOGʻI AVARS

BOGʻI AVARS, Bavars — Badaxshondagi oʻrta asr kalʼalaridan biri. Taliqon bilan Badaxshon sh. oraligʻida joylashgan. Mahalliy rivoyatlarga koʻra, Bogʻi Avars goʻzal va obod boʻlgan, qalʼaning aylana devori 2,5 farsahni tashkil etgan. Bogʻi Avars qalʼasi 13-a. da Chigʻashoyxon davrida buzilib, bir necha asrdan soʻng 17-a. da qayta tiklangan. Bu yerdagi bir buloq suvidan vinoning taʼmi kelib turgan. Yaʼkubiy (9-a.) asarida Bavars sh. tarzida uchrab, u Balxga mansub, jome masjidi bor shaharlar qatorida qayd etib oʻtilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x